tonestro Boshlash
Oqargan echki soqolli jilmaygan erkak uyda trombonini ushlab oʻtiribdi

Trombon chalishni oʻrgan. tonestro tinglaydi.

Birinchi kuying — 10 daqiqada. Oʻz tromboningda.

Boshlash 7 kun bepul · iOS va Android
App Store doʻkonida “App of the Day” 1 milliondan ortiq
yuklanma

Sen chalasan. tonestro tinglaydi.

Har bir nota, kulisaning har bir holati — toza va ritmda. Adashsang, tonestro buni eshitadi.

Ayol divanda trombon chalmoqda, shtativdagi planshet unga darsini koʻrsatmoqda

Trombon chalishni oʻrganish, bosqichma-bosqich.

Musiqa oʻqituvchilari tuzgan ikki kurs seni birinchi notalaringdan birinchi kuylaringgacha olib boradi.

  • Kulisa holatlari Ilovada har bir nota uchun kulisa holatini koʻr.
  • Sekinroq chal Qiyin taktlarni 80% yoki 60% tezlikda mashq qil.
  • Haftalik tanlov (Challenge) Butun dunyodagi musiqachilar bilan bir xil kuyni chal.

Boshlash uchun hech qachon kech emas.

  • Hech chalmaganmisan? Eng birinchi notalaringdan boshla.
  • Yillar oldin orkestrda chalganmisan? Kursingni tanla va toʻxtagan joyingdan davom et.
Oltmish yoshlardagi oq sochli ayol divanda tizzasidagi trombon bilan quvnoq jilmaymoqda

Trombon chalishni boshlash

Trombonda ventil oʻrniga kulisa (suriladigan naycha) bor: har bir notani qoʻling va qulogʻing bilan topasan, shuning uchun tinglash birinchi kundan muhim. Shu bois natijani darhol koʻrish ayniqsa foydali. tonestro har bir notani tinglaydi va toza hamda ritmda chalingan-chalinmaganini darhol koʻrsatadi.

Koʻp kunlari ozgina chal va lablaringga dam ber. Qiyin parchalarni sekinlashtir, keyin tezlashtir.

Senga nima kerak

  • Oʻz tromboning
  • Internetga ulangan iPhone, iPad yoki Android telefon
  • Koʻp kunlari bir necha daqiqa

Faqat trombon emas. Butun oila uchun.

Olti kishigacha bitta obuna. Har kim oʻz cholgʻusini tanlaydi.

Oilaviy obunani koʻrish
Ona oʻsmir qizining shtativdagi planshet bilan trombon mashq qilishini tomosha qilmoqda

Trombon chalishni oʻrganish haqida savollar

Katta yoshda trombon chalishni oʻrgansam boʻladimi?

Ha. tonestro bosqichma-bosqich, oʻzingga qulay surʼatda olib boradi va chalgan har bir notangni tinglaydi.

Silent Brass tizimi bilan mashq qilsam boʻladimi?

Yoʻq. tonestro trombonning haqiqiy ovozini eshitishi kerak. Silent Brass tizimlari, quloqchinli mashq surdinalari va tashqi mikrofonlar qoʻllab-quvvatlanmaydi.

tonestro kulisa holatlarini koʻrsatadimi?

Ha. Ilovadagi jadval har bir nota uchun kulisa holatini koʻrsatadi.

Nota oʻqishni bilishim kerakmi?

Yoʻq. Kurslar chalish davomida nota oʻqishni oʻrgatadi, oʻrganayotganda nota nomlarini ham koʻrsatib qoʻyishing mumkin.

Trombonda birinchi kuyimni qachon chalaman?

Birinchi 10 daqiqangda. Haqiqiy qoʻshiq va guruh bilan birga bir-ikkita nota chalasan: boshida oz, lekin haqiqiy musiqa. Toʻliq tezlik keyinroq, qulogʻing va kulisani surayotgan qoʻling birga ishlay boshlaganda keladi.

Qaysi qurilmalardan foydalana olaman?

Trombon darslari iPhone va iPad (iOS 15 yoki undan yangi) hamda Android telefonlarda (Android 8 yoki undan yangi, kamida 4 GB xotira) ishlaydi. tonestro uchun internet kerak.

Qancha turadi?

Yillik obuna bilan tonestro ilovasini 7 kun bepul sinab koʻrishing mumkin. Ilova xariddan oldin narxni koʻrsatadi. Sinov muddati tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilsang, sendan pul olinmaydi. Obunani ilovada bekor qilishing mumkin: Profile → Settings → Manage Subscription.

Qoʻshimcha yordam

Yoki boshqa cholgʻuni oʻrgan

Trombonda birinchi kuyingni 10 daqiqada chalasan.

tonestro ilovasini App Store doʻkonidan yuklab ol tonestro ilovasini Google Play doʻkonidan yuklab ol

7 kun bepul

Birinchi kuying — oʻn daqiqada

Ilovani olish uchun kodni telefoning kamerasi bilan skanerla.

tonestro ilovasini App Store doʻkonidan yuklab ol tonestro ilovasini Google Play doʻkonidan yuklab ol

7 kun bepul